29 aprel kuni Kanadaning Vankuver şahrida bölib ötgan FIFA kongressida kiçik diplomatik mojaro röy berdi. Taşkilot prezidenti Janni Infantino tinçlikparvar vazifasini bajarişga qaror qilib, sahnaga Isroil va Falastin futbol federatsiyalari vakillarini çaqirdi va ularni birgalikda suratga tuşişga hamda bir-biriga qöl berişga undadi. Ammo bu uriniş muvaffaqiyatsizlikka uçradi.
«Biz azob çekyapmiz»
Mojaro delegatlarning çiqişlari yakunlanganidan keyin, Infantino Isroil futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Basim Şayx Sulaymon hamda Falastin futbol assotsiatsiyasi rahbari Jabroyil Rajubni sahnaga çiqişga çaqirganida röy berdi.
Sulaymon bunga rozi bölgan, Rajub esa e’tiroz bildirgan va Infantino bilan keskin muhokamaga kirişgan. FIFA prezidenti bir neça bor tomonlarni keliştirişga uringan. U Jabroyilning qölidan uşlab olgan va uni köndirişga uringan, ammo maqsadiga erişa olmagan – falastinlik rasmiy isroillik hamkasbiga qöl berişdan boş tortib, şunday degan: «Biz azob çekyapmiz». Yakunda «tinçlikparvar» ularni navbatma-navbat quçib qöygan, şundan keyin ular sahnani tark etişgan. Infantinoning özi minbarga qaytib, xalqaro bolalar turniri ötkazilişi haqida e’lon qilgan.
«Bir xil huquq va majburiyatlarga ega bölgan hamda FIFA a’zosi hisoblangan Isroil va Falastinning ikki vakiliga minnatdorçilik bildirişga ijozat bergaysiz. Biz birgalikda işlaymiz, keling, bolalarga umid beriş uçun şunday qilaylik... Tez orada 15 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasida ajoyib turnir ötkazamiz, unga barça 211 mamlakatni taklif qilamiz. Keling, bolalar uçun birgalikda harakat qilaylik», – degan futbol mulozimi.
Keyinroq Rajub jurnalistlarga intervyu çoğida öz pozitsiyasi yuzasidan izoh berdi: «Men uçun sport bu sport. Va bu men hurmat qilişim kerak bölgan axloq kodeksi. Ammo agar ikkinçi tomon Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahudek jinoyatçining vakili bölsa va mohiyatan FIFA kongressida uning nomidan gapirsa… Men bunday odam bilan qanday qilib birgalikda suratga tuşişim yoki unga qöl berişim mumkin?»
Bundan taşqari, Rajub falastinliklar Isroil klublariga nisbatan sanksiya qöllanişiga erişmoqçi ekanini qöşimça qilgan: «Bangkokdagi 74-kongressda biz yana bir bor FIFAga Isroil futbol assotsiatsiyasiga a’zo bölgan, ammo Falastin hududida joylaşgan klublarning Falastin futbol assotsiatsiyasi roziligisiz iştirok etişi masalasini körib çiqişni sörab murojaat qildik. Şuningdek, biz FIFAdan Isroil futboli tuzilmasida davom etayotgan kamsitiş va irqçilikka qarşi kuraşiş çoralarini körişni söradik».
Sulaymon esa bölib ötgan hodisa yuzasidan munosabat bildirmagan. Ammo öz çiqişida birgalikda totuv yaşaşga çaqirib, Isroil federatsiyasi «Falastin futbol assotsiatsiyasiga qöl berayotgani»ni ta’kidlagan.











