AQShda Suriya muxolifatida kimyoviy qurol borligiga oid dalillar yo‘q
Pentagon rahbari Jyeyms Mettisning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlarda Suriyadagi muxolifat kimyoviy qurolga ega ekanligiga doir hech qanday dalillar yo‘q. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Mettisning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Amerika tomoni Suriya muxolifatida kimyoviy qurollari borligiga oid «nol dalillarni» ko‘rmoqda. Uning bildirishicha, Rossiya tomoni bu haqda bir necha bor tinmay ta'kidlagandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyadagi urishayotgan tomonlarni yarashtirish bo‘yicha Rossiya markazi jangarilar kimyoviy hujum bilan bog‘liq suratga olish ishlarining "tabiiy" chiqishi uchun Jisr-ash-Shugurga ikkita idishda xlor asosidagi zaharli modda keltirishgani haqida ma'lum qilgandi.
Qayd qilinishicha, ssenariyga ko‘ra, go‘yoki Suriya armiyasi tomonidan zaharli moddali aviabombalar qo‘llanganidan so‘ng "Fuqaro mudofaasi" "faollari"ning shahar ahliga yordam berilishini sahnalashtirish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024
AQShda “politsiyachi” robot jinoyatchini tutib berdi
16:27 / 21.09.2024