Jahon | 22:10
437
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Kuba qirg‘oqlarida razvedka faoliyatini kuchaytirdi

Fevral oyidan beri AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining bir necha samolyotlari kamida 25 ta parvozni amalga oshirdi.

Foto: Magdalena Chodownik/Anadolu/Getty Images

Kuba qirg‘oqlari yaqinida Amerika razvedka samolyotlari parvozi soni keskin oshdi, deb xabar berdi CNN telekanali.

FlightRadar24 monitoring xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, fevral oyi boshidan beri AQSh Harbiy-dengiz kuchlari va Harbiy-havo kuchlarining P-8A Poseidon va RC-135V Rivet Joint samolyotlari, shuningdek, MQ-4C Triton dronlari kamida 25 ta parvozni amalga oshirgan, ularning aksariyati mamlakatning eng yirik shaharlari Habana va Santyago-de-Kuba yaqinida bo‘lgan. Qolgan parvozlar qirg‘oqdan 65 km masofada amalga oshirildi. Fevral oyiga qadar bunday reyslar juda kam bo‘lgan edi, deb ta’kidlaydi telekanal.

Shu bilan birga, Vashington foydalanadigan uchish apparatlari, agar xohlasa, havo bo‘shlig‘ida o‘z mavjudligini yashirishi mumkin. Ochiq parvozlar Amerika rasmiylarining o‘z raqibiga ishorasi bo‘lishi mumkin, deb yozdi CNN.

Mintaqadagi AQSh faollashuvi Donald Trampning Kuba haqidagi keskin bayonotlari bilan boshlandi. Xususan, AQSh prezidenti Truth Social’da Fox News sharhlovchisi Mark Tissenning xabarini e’lon qildi, u Tramp muddatining oxirigacha «erkin Habana»ga tashrif buyurishi mumkinligini aytdi.

Shundan bir necha kun o‘tgach, Oq uy orolga neft blokadasini joriy qildi. Bu energiya inqiroziga va Kubada elektr ta’minotidagi uzilishlarga olib keldi.

CNN nashrining ta’kidlashicha, shunga o‘xshash vaziyat Qo‘shma Shtatlarning Venesuela va Erondagi harbiy operatsiyalaridan oldin ham kuzatilgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid