O‘zbekiston | 10:20 / 13.09.2018
27395
1 daqiqa o‘qiladi

Sharof Ubaydullayev O‘zbekistonda rahbarlik lavozimiga saylandi

Taniqli jurnalist Sharof Ubaydullayev «Nuroniy» jamg‘armasi raisining o‘rinbosarligiga saylandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

12 sentabr kuni O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi Vasiylik Kengashining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tgan.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Vasiylik Kengashi raisi Aziz Abduhakimov, jamg‘armaning Respublika boshqaruvi mas'ullari, Vasiylik Kengashi a'zolari va faollar ishtirok etishgan.

Majlis kun tartibida «Nuroniy» jamg‘armasi Respublika boshqaruvi raisining o‘rinbosarini saylash masalasi ko‘rib chiqilgan.

«Muhokamalardan so‘ng ko‘pchilik ovoz bilan ushbu lavozimga taniqli jurnalist Sharof Ortiqovich Ubaydullayev saylandi», deyiladi xabarda. 

Mavzuga oid