Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda dovul tufayli 150 kishi «qopqon»ga tushib qoldi
Foto: VCG Photo
AQShning Shimoliy Karolina shtatidagi Nyu-Bern shahrida taxminan 150 kishi Florens dovuli tufayli o‘z uylarida «qopqonga» tushib qoldi. Bu haqda CNN telekanali efirida aytiladi.
Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, o‘nlab kishilar suvga to‘lgan uylardan chiqa olmay, tomlar hamda cherdaklarda qutqaruvchilarni kutishmoqda. Nyu-Bern shahrining tvitterdagi sahifasida aytilishicha, shahardan taxminan 200 kishi qutqarildi, yana 150 odam tezkor xizmatlar yordamini kutmoqda.
Telekanal saytidagi xabarga ko‘ra, tropik siklon Qo‘shma Shtatlarga yomg‘ir ko‘rinishidagi taxminan 38 trillion suvni olib keladi. Ta'kidlanishicha, bu hajmdagi suv 15 millionta olimpiya basseynlarini to‘ldirish uchun yetarli bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:56
«Mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi» - Tramp Eronning tinchlik taklifini rad qildi
08:17
Mis zaxiralari qaysi davlatlarda to‘plangan? Jahon reytingi
23:48 / 10.05.2026
Eron AQShning so‘nggi tinchlik taklifiga javob qaytardi
10:19 / 09.05.2026