Jamiyat | 15:27 / 22.09.2018
17860
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida huquqshunos jinoyatga qo‘l urdi

Illyustrativ foto

Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, 2018 yil 19 sentabr kuni noma'lum shaxs shu tumanda yashovchi D.D.ni qo‘lidan ichida 100 ming so‘m puli va “Samsung” mobil telefoni bo‘lgan hamyonini olib qochgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni “Olmaliq savdo” MChJ huquqshunosi X.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid