Xiaomi ikkita yangi smartfon taqdim qildi
Xiaomi kompaniyasi Mi8 smartfonlari qatoriga kiruvchi ikkita yangi smartfonni taqdim qildi. Modellar Mi8 Pro va Mi8 Lite degan nom olgan.
Mi8 Pro’ning ajralib turuvchi jihati – bevosita ekranga joylangan barmoq izlari skaneri hisoblanadi. Bu displey o‘lchamini 6,21 dyuymgacha kattalashtirishga imkon bergan. Smartfonning tezkor xotirasi 6 yoki 8 Gbni tashkil qiladi, protsessor sifatida tezkor Qualcomm Snapdragon 845 chipi qo‘llangan. 12 Mpli asosiy kamera ikkita obektiv bilan jihozlangan, old kamera 20 Mpli.
Taqdim qilingan ikkinchi model – Mi8 Lite 6,26 dyuymli ekranga ega. Ishlab chiqarishi pastroq, ammo tejamkorroq Qualcomm Snapdragon 660 protsessori, 12 Mpli qo‘sh kamera va 24 Mpli old kamera bilan jihozlangan. Tezkor xotirasi hamji 4, 6 yoki 8 Gbni, doimiy xotirasiniki esa 64 yoki 128 Gbni tashkil qiladi.
Narxlarga keladigan bo‘lsak, Xitoyda Xiaomi 8 Pro’ni 3200 yuanga (500 dollar atrofida), Mi8 Lite’ni esa 1399 yuanga (220 dollar atrofida) sotib olish mumkin bo‘ladi.