Xiaomi kompaniyasi Mi8 smartfonlari qatoriga kiruvçi ikkita yangi smartfonni taqdim qildi. Modellar Mi8 Pro va Mi8 Lite degan nom olgan.
Mi8 Pröning ajralib turuvçi jihati – bevosita ekranga joylangan barmoq izlari skaneri hisoblanadi. Bu displey ölçamini 6,21 dyuymgaça kattalaştirişga imkon bergan. Smartfonning tezkor xotirasi 6 yoki 8 Gbni taşkil qiladi, protsessor sifatida tezkor Qualcomm Snapdragon 845 çipi qöllangan. 12 Mpli asosiy kamera ikkita obektiv bilan jihozlangan, old kamera 20 Mpli.

Taqdim qilingan ikkinçi model – Mi8 Lite 6,26 dyuymli ekranga ega. Işlab çiqarişi pastroq, ammo tejamkorroq Qualcomm Snapdragon 660 protsessori, 12 Mpli qöş kamera va 24 Mpli old kamera bilan jihozlangan. Tezkor xotirasi hamji 4, 6 yoki 8 Gbni, doimiy xotirasiniki esa 64 yoki 128 Gbni taşkil qiladi.

Narxlarga keladigan bölsak, Xitoyda Xiaomi 8 Pröni 3200 yuanga (500 dollar atrofida), Mi8 Lite’ni esa 1399 yuanga (220 dollar atrofida) sotib oliş mumkin böladi.







