Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung 4 ta asosiy kamerali smartfon chiqarmoqchi
Huawei tomonidan 3 ta asosiy kamerali P20 smartfoni, ko‘rinishicha, gadjyetlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning navbatdagi poygasini boshlab bergan. Samsung 3 ta modulli asosiy kamerali smartfonni yaqinda taqdim qilgan bo‘lsa, endi gaplarga qaraganda, orqa tomonida 4 ta kamera moduli bo‘ladigan qurilmani taqdim qilmoqchi.

Galaxy A9 (Star/Pro) deb nom oladigan smartfon 11 oktabrda rasman taqdim qilinadi. AllAboutSamsung nemis resursining ma'lumotlariga ko‘ra, smartfonning asosiy kamerasi 20 Mpli bosh modul, 120 gradusli burchak ostida oluvchi 8 Mpli, hamda 10 va 5 Mpli modullardan iborat. Shuningdek, kamera 24 Mpli old kamera bilan ta'minlanadi.
Shuningdek, smartfon 6,28 dyuymli Super AMOLED-displey, 8 yadroli protsessor Qualcomm Snapdragon 660 hamda 3720 mA-soat sig‘imli akkumulyator oladi.
Mavzuga oid
08:42 / 06.05.2026
Samsung kompaniyasining bozor kapitallashuvi 1 trillion dollarga yetdi
23:34 / 18.04.2026
2026 yil birinchi choragidagi eng yaxshi smartfonlar ma’lum qilindi
15:00 / 10.03.2026
Yangi Samsung Galaxy S26 Ultra Global Mobile Awards 2026 da mukofotini qo‘lga kiritdi
21:00 / 25.02.2026