Texnologiya | 23:34 / 18.04.2026
581
2 daqiqa o‘qiladi

2026 yil birinchi choragidagi eng yaxshi smartfonlar ma’lum qilindi

Dastlabki uch oy yakunlari bo‘yicha iPhone 17 Pro Max mutlaq yetakchi deb tan olindi. Samsung Galaxy S26 Ultra esa Android tizimidagi eng yaxshi smartfon bo‘ldi.

Foto: AP

Tom's Guide portali mutaxassislari 2026 yil birinchi choragidagi eng yaxshi smartfonlar ro‘yxatini tuzishdi. Ushbu ro‘yxatda eng yuqori o‘rin iPhone 17 Pro Max'ga nasib etdi.

Mutaxassislarning fikricha, ushbu smartfonda yuqori darajadagi hisoblash quvvati, uzoq vaqt ishlaydigan batareya, qulay interfeys va sifatli kamera muvaffaqiyatli uyg‘unlashgan. Qurilmani xarid qilgan foydalanuvchi yuqori tezkorlik va mukammal dizaynga ega bo‘ladi.

Samsung Galaxy S26 Ultra Android tizimidagi eng yaxshi smartfon deb topildi. U katta ekran va zum funksiyasiga ega kuchli kamerasi bilan ajralib turadi.

O‘rta narx segmentida eng yaxshisi deb Google Pixel 10a e’tirof etildi — u sun’iy intellekt imkoniyatlari bilan ajralib turadi.

Google Pixel 10 Pro eng “aqlli” smartfon sifatida qayd etildi. Bunga uning takomillashtirilgan kamerasi va neyromoduli sabab bo‘lgan.

Apple qurilmalari ichida eng uyg‘unlashgan model — iPhone 17, Android smartfonlar ichida esa — OnePlus 15 bo‘ldi.

Eng yaxshi arzon kamerali smartfon deb Google Pixel 10 topildi. Eng chiroyli dizaynga ega qurilma sifatida Nothing Phone 4a Pro qayd etildi.

Buklanadigan smartfonlar orasida yetakchi — Samsung Galaxy Z Flip 7, eng yupqa smartfon esa — iPhone Air.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid