Tramp giyohvandlik moddalariga qarshi kurashda xalqaro hamkorlikka chaqirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp BMT shtab-kvartirasidagi chiqishida giyohvandlik moddalariga qarshi kurashda xalqaro hamkorlikka chaqirdi.
"Bugun biz giyohvandlik moddalariga qarshi hamkorlikda kurashishga va'da beramiz… Biz butun dunyoda sanoqsiz – million-million insonlar hayotini saqlab qolishimiz mumkin", — dedi u giyohvandlik moddalariga qarshi kurashish bo‘yicha AQSh tomonidan tashkil etilgan forumda.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, 2000 va 2015 yillar orasida giyohvandlik moddalaridan vafot etish holati dunyo miqyosida 60%ga oshgan.
"Giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi noqonuniy moliyaviy oqimlar, korrupsiya, terrorizm bilan bog‘liq", — dedi u.
Tramp shuningdek, giyohvandlik moddalariga qarshi kurashishda BMTning "ulkan salohiyatini" qayd etgan.
Mavzuga oid
23:13 / 20.08.2024
Tramp prezidentlik saylovida g‘alaba qozonsa Ilon Maskka Oq uydan lavozim taklif qiladi
10:32 / 09.08.2024
DXX giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
21:54 / 04.08.2024
Tramp Putinni mahbuslar almashinuvi bilan tabrikladi
10:37 / 26.07.2024