Jahon | 22:00 / 25.09.2018
4444
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiya bosh vaziriga ishonchsizlik bildirildi

Shvetsiyaning yangi parlamenti mamlakat bosh vaziri Stefan Levenga ishonchsizlik bildirdi.

Ma'lum qilinishicha, Leven nomzodiga 204 deputat qarshi chiqqan, 142 nafari esa qo‘llab-quvvatlagan. Endi bosh vazir lavozimiga 4 kishi da'vogarlik qilishi mumkin. Agar deputatlar bosh vazir lavozimiga biror nomzodni tasdiqlamasa, mamlakatda yangi saylovlar e'lon qilinadi. Hozircha Leven o‘tish hukumatiga boshchilik qilmoqda. 

Shvetsiyada 9 sentabrda parlament saylovlari bo‘lib o‘tgandi. Saylov natijalariga ko‘ra, birorta blok parlamentda ko‘pchilik ovoz olmagan.   

Mavzuga oid