Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda oltinli qum o‘g‘rilari ushlandi
Illyustrativ foto/RIA Novosti
Joriy yil 20 sentabr kuni Buxoro viloyatida yashovchi U.H. ikki nafar sherigi bilan Navoiy kon-metallurgiya kombinati Markaziy kon boshqarmasi “Muruntov” koniga qarashli zaxira qum omboriga boradi. Sheriklar o‘sha hududdan tarkibida oltin zarralari bo‘lgan qumni o‘g‘irlashga kirishadi, deb yozmoqda O‘zA.
Avvaliga hammasi silliq ketayotgandek edi, ammo qum to‘ldirilgan idishlar bilan uzoqqa borib bo‘lmadi. Ular Tomdi tumani hududida daliliy ashyolar bilan ushlanadi.
“Olg‘ir”lar o‘z qing‘irliklari sabab ichki ishlar xodimidan ma'muriy va jinoiy javobgarlikka tortmaslik hamda to‘plangan hujjatlar bo‘yicha yengillik yaratib berishni so‘rab, evaziga 500 ming so‘m pulni pora sifatida taklif qiladi.
Tuman ichki ishlar bo‘limi xodimi o‘z rahbariga bergan axborotiga muvofiq, viloyat ichki ishlar boshqarmasi xavfsizlik bo‘limi va prokuratura organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro jinoyat ustida qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:21 / 11.03.2026
Farg‘onada noqonuniy ravishda olib chiqilishi rejalashtirilgan oltin musodara qilindi
17:56 / 10.03.2026
Navoiyda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
11:39 / 09.03.2026
Mutlaq rekord: O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 77 mlrd dollardan oshdi
10:34 / 04.03.2026