Navoiyda yana bir ayançli YTH sodir böldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Ma’lum bölişiça, YTH 7 mart kuni soat 16:30 lar atrofida “Navoiy–Zarafshon–Uçquduq” avtomobil yölining Konimex tumani hududidan ötgan qismida sodir bölgan. “Navoiy—Zarafshon” yönalişida harakatlanib borayotgan Chery maşinasi qarama-qarşi yönalişda kelayotgan Kia bilan töqnaşgan. Töqnaşuv paytida har ikki maşinaning harakat tezligi belgilangan çeklovdan yuqori bölgani aytilmoqda.

YTH oqibatida Kia maşinasida bölgan bir oilaning 3 a’zosi hamda Chery maşinasida bölgan 2 kişi – haydovçi va bir yölovçi vafot etgan. Ularning 3 nafari voqea joyida halok bölgan.

“Akam NKMKda işlardi. Öşa kuni Zarafshon şahriga ketayotgan bölgan. Afsuski, şu köngilsiz böldi. Juda mehribon, birovga yomonligi yöq yaxşi inson edi”, deydi Chery maşinasi haydovçisi bölgan marhum Sanjar Nurmahmedovning yaqin qarindoşlaridan biri Kun.uz bilan suhbatda.

Karmana tumanida janoza xabarlarini berib boruvçi kanalda Sanjar Nurmahmedov 41 yoşida vafot etgani, u uzoq yillar NKMKda işlagani haqida e’lon berilgan.

Şuningdek, halok bölganlardan biri Zarafshon şahrida mahalliy xabarlarni yorituvçi Telegram’dagi “Zarafshon kanal” kanali admini 17 yoşli Umidjon Töxtamurodov bölgan.

Ayni şu yölda 22 fevral kuni ham ayançli YTH sodir bölgan, unda 4 kişi vafot etgandi.