OAV: Mey Tramp bilan bahslashishdan ko‘ra Rossiyaga «tashlanishni» ma'qul ko‘rdi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Nyu-Yorkdagi BMT Bosh assambleyasining 73-yig‘ilishida yana Rossiyani Solsberidagi zaharlash holati bo‘yicha yolg‘on bayonotlar berishda ayblab chiqdi. Bu haqda Sky News telekanali xabar qilmoqda.
Tereza Mey BMT Xavfsizlik kengashining yig‘ilishida Rossiya o‘zining «jiddiy soxtalashtirishi» bilan barchani adashtirib yuborishga harakat qilganini aytdi, deb xabar bermoqda Sky News.
Britaniya hukumati rahbari BMT Bosh assambleyasidagi o‘z nutqida Buyuk Britaniya Yevroittifoqdan chiqib ketayotganiga qaramay, xalqaro huquq normalari va alyanslarni ham himoya qilib chiqdi.
Britaniyaning The Guardian gazetasi yozishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Eron masalasi bo‘yicha qarama-qarshiliklarga qaramasdan, Tereza Mey Solsberidagi hodisa tufayli Rossiyaga e'tibor qaratishni afzal ko‘rdi. Bunga esa, o‘z navbatida, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Sergey Lavrov tomonidan «jiddiy e'tiroz» bildirildi, deyiladi materialda.
The Washington Examiner nashrining e'tibor qaratishicha, Rossiya zaharlash bo‘yicha hodisadan so‘ng G‘arbning fitna bilan javob berishi hamda biologik quroldan foydalanishi mumkin ekanidan tashvishga tushib qoldi.
«Hodisalar rivoji shunday xulosa chiqarishga undamoqdaki, bugun hech narsani istisno etib bo‘lmaydi, jumladan, biologik quroldan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan provokatsiyalarni ham», - dedi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Skripallar tufayli Rossiyaga juda qattiq sanksiyalarni va'da qilgandi.
Mavzuga oid
19:02 / 10.11.2024
The Guardian: Buyuk Britaniya hukumat almashganidan keyin Ukrainaga raketalar yetkazishni to‘xtatdi
00:46 / 10.11.2024
Britaniyada odamlarning DNK ma’lumotlarini saqlab kelgan kompaniya izsiz yo‘qoldi
18:17 / 08.11.2024
AQSh ortidan Britaniya ham O‘zbekistonning Uzstanex kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi
22:11 / 07.11.2024