Bosh vazir o‘rinbosari tibbiyotda mablag‘larni taqsimlashdagi korrupsiya haqida ma'lum qildi
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida mablag‘larni taqsimlashda korrupsiya kuzatilmoqda, deya ma'lum qildi bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Tibbiyot sohasiga juda ko‘p mablag‘ ajratilmoqda. Taqsimlashda ko‘plab muammolar kelib chiqmoqda, jumladan, korrupsiya mavjud», - dedi bosh vazir o‘rinbosari Senatning yalpi majlisida.
2017 yilda sog‘liqni saqlashga 6,7 trillion so‘m ajratilgan. Joriy yilda ushbu sohani moliyalashtirish hajmi qariyb 40 foizga oshib, 10 trln so‘mga yetishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, xarajatlarning katta qismi oilaviy poliklinikalarga, tez tibbiy yordam xizmatlariga va viloyatlardagi tibbiy punktlarga yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
19:53 / 10.09.2024
Korrupsiyaga qo‘l urgan 566 nafar shaxs davlat ishiga qaytadan kirib, yana korrupsiyaga qo‘l urgan
19:11 / 23.08.2024
Qozog‘istonda 10 million dollarlik «tushunarsiz boylik» davlatga qaytarildi
09:46 / 23.08.2024
Toshkentda korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan mansabdorlar asosan qaysi idoralarda ishlagani aytildi
12:59 / 19.08.2024