Sport | 08:50 / 29.09.2018
17356
2 daqiqa o‘qiladi

Habib Nurmagomedovning murabbiyi jangga tayyorgarlik bo‘yicha ba'zi tafsilotlarni oshkor qildi

Foto: MMABoxing

Aralash yo‘nalish bo‘yicha (MMA) rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendes o‘z shogirdi irlandiyalik Konor Makgregor bilan jangga qanday tayyorlanayotgani haqida so‘zlab berdi.

Mutaxassisning aytishicha, rossiyalik sportchi qadning rostlangan vaziyatidagi jangni yaxshilash ustida ishlagan.

«Habibning zarbalari yaxshi. Yaqinda u bokschilar bilan sparring o‘tkazdi va hech qanday muammo paydo bo‘lmadi. Ko‘pchilik Nurmagomedovning qadning rostlangan vaziyatidagi jangiga yetarlicha baho bermayapti hamda ular u bu holatda ham yaxshi ishlashini ko‘radi.

Habib Makgregor bilan qadning rostlangan vaziyatida ishlashga tayyormi? U tayyor bo‘lishga majbur. Shunchaki chiqib, Konorni yerga yiqitishning imkoni bo‘lmaydi. U o‘z ishining ustasi. U eng buyuklardan biri, deb hisoblanadi, bu bejiz emas, shuning uchun qadning rostlangan vaziyatidagi ish har qanday holatda ham bo‘ladi, undan qochib qutulishning iloji yo‘q», - deya Mendesning so‘zlarini keltiradi Bloody Elbow.

Nurmagomedov — Makgregor jangi 6 oktabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmagomedovga Makgregorning sobiq sparring sherigi yordam berayotgani ma'lum bo‘lgandi.

Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) amaldagi chempioniga tayyorgarlik jarayonida Makgregorning sobiq sparring sherigi Mayls Prays yordam beryapti.

Mavzuga oid