Sport | 09:44 / 26.09.2018
14872
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Nurmagomedovga Makgregorning sobiq sparring sherigi yordam beryapti

Foto: fighttime

Aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregor bilan jangdan oldin tinimsiz mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.

Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) amaldagi chempioniga tayyorgarlik jarayonida Makgregorning sobiq sparring sherigi Mayls Prays yordam beryapti.

«Ochig‘ini aytganda, zalda Konor bilan hech qachon yaxshi munosabatda bo‘lmaganmiz, sababi bir-birimiz bilan juda ko‘p sparringga tushganmiz. O‘sha paytda Konor ham yarim yengil vaznda, ham yengil vaznda jang qilardi», - deya aytib o‘tdi Prays Eurobash’ga bergan intervyusida.

Nurmagomedov — Makgregor jangi 6 oktabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmagomedov - Makgregor jangida kim hakamlik qilishi ma'lum bo‘lgandi. 

Mavzuga oid