Jangçi Habib Nurmagomedov Rossiya soliq idoralari oldidagi qarzlarini yopdi. Shot bergan ma’lumotga köra, u barça 302 million rublni (≈44,3 mlrd söm) tölagan.

Avvalroq Habibga nisbatan ijro işi qözğatilgan edi. Soliq idoralari uning barça hisob raqamlariga taqiq qöyib, mol-mulkini xatlagan edi. Soliq qarzlaridan qutulgani unga nisbatan oçilgan işning yopilişini anglatadimi yoki yöqmi noma’lum.

Rossiyaning «Proyekt» tadqiqot naşriga köra, Nurmagomedov prezident ma’muriyati rahbariyatining Ukrainaga bostirib kirişni qöllab-quvvatlaş böyiça qat’iy sörovlarini e’tiborsiz qoldirgan. Şu tufayli unga nisbatan ta’qib boşlangan. Nurmagomedov bu xabarlarga izoh bermadi.

Habib Nurmagomedov 35 yoşda. U aralaş yakkakuraşlarda birorta ham mağlubiyatga uçramagan (29 ta ğalaba, 19 ta jangni muddatidan avval yakunlagan).

Nurmagomedov 2018 yilda irlandiyalik Konor Makgregorni mağlub etib, çempionlik unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi. Ularning bahsi MMA tarixidagi eng yuqori daromad keltirgan jangga aylandi (umumiy daromad 200 million dollardan oşiq).

2020 yil oktyabr oyida Nurmagomedov faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. 2022 yil iyul oyida u UFC Şon-şaraf zaliga kiritildi.