Chimkentda O‘zbekiston va Qozog‘iston chegaraoldi hamkorligi birinchi Forumini o‘tkazish rejalashtirilmoqda
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi chegaraoldi hamkorligi bo‘yicha birinchi Forum Chimkentda bo‘lib o‘tishi mo‘ljallanmoqda. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Chimkentga amaliy tashrifi chog‘ida bayonot berdi, deb xabar qilmoqda «Kursiv».
«Men Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida chegaraoldi hamkorligi bo‘yicha birinchi iqtisodiy forumi Chimkentda o‘tkazilishini ta'minlash uchun O‘zbekiston bilan kelishaman», - dedi Nursulton Nazarboyev Chimkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishda.
Uning qayd etishicha, so‘nggi vaqtlarda har ikki davlat hamkorligi faollashgani va mustahkamlanib borayotgani fonida, har yili o‘tkaziladigan Qozog‘iston-Rossiya forumlari kabi Qozog‘iston-O‘zbekiston mintaqalararo hamkorlik forumlarini rejalashtirish va amalga oshirish uchun zarurdir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nazarboyev Chimkentni Markaziy Osiyoning iqtisodiy markaziga aylantirmoqchi ekani xabar berilgandi.
Oqo‘rda matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, prezident shahar faollari oldida chiqish qilib, respublika darajasidagi maqom olgani tufayli shahar oldida zamonaviy yondashuvlar hamda yaxshi ishlab chiqilgan strategiyani talab qiladigan yangi vazifalar paydo bo‘lganini ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
15:04
Qozog‘istonda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi
17:12 / 09.11.2024
Qozog‘istonda qattiq qo‘nishni amalga oshirgan harbiy vertolyot yonib ketdi
13:07 / 09.11.2024
Qozog‘iston Britaniya sanksiyalariga duchor bo‘lgan kompaniyalari haqida izoh berdi
20:38 / 06.11.2024