Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev 29 sentabr kuni Çimkent şahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalari böyiça majlis ötkazdi.
Oqörda matbuot xizmati ma'lumotlariga köra, u şahar faollari oldida çiqiş qilib, respublika darajasidagi maqom olgani tufayli şahar oldida zamonaviy yondaşuvlar hamda yaxşi işlab çiqilgan strategiyani talab qiladigan yangi vazifalar paydo bölganini ta'kidlab ötdi.
«Bir milliondan ortiq aholi yaşaydigan respublikaning uçinçi megapolisiga aylanib, Çimkent ilgari Ostona va Olmaota qilganidek, öz rivojlaniş modelini özgartirişi kerak. Şaharda bir qator istiqbolli loyihalar amalga oşirilmoqda, undan ham köpi rejalaştirilmoqda», - dedi davlat rahbari.
Nursulton Nazarboyev yiğiliş iştirokçilari diqqatini Çimkentning yangi pozitsiyasi böyiça ba'zi masalalarga qaratdi.
«Çimkent Markaziy Osiyoning qudratli iqtisodiy markaziga, aholisi va mehmonlari uçun qulay şaroitlarga ega yirik hamda jozibali şaharga aylanişi kerak. Şaharni rivojlantirişning yangi strategiyasi uşbu mintaqada yirik sanoat, innovatsion, sayyohlik, savdo va logistika markazini şakllantirişga qaratilişi lozim», - deya ta'kidlab ötdi u.
Eslatib ötamiz, avvalroq Nazarboyev AQŞning Özbekistondagi sobiq elçisini orden bilan taqdirlagandi.

















