Lavrov BMTda kelishish san'atini o‘rganishga chaqirdi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov jahonning barcha davlatlarini kelishish san'atini eslashga chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, diktat va majburlash kabi xatti-harakatlarni tarix «chiqindixonasiga» tashlab yuborish kerak.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, bir qator davlatlar «dunyo yetakchilari» maqomini o‘zida saqlab qolishga va ko‘p qutblik shakllanishi jarayonini sekinlashtirishga harakat qilmoqda.
Lavrovning ta'kidlashicha, bunday harakatlar xalqaro huquqni buzadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lavrov eshikni adashtirib yuborgan Poroshenkoning ustidan kulgandi.
Sergey Lavrov Ukraina prezidenti xato tufayli BMTdagi Rossiya delegatsiyasining xonasiga kirib ketgani ustidan kuldi.
Mavzuga oid
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
17:00 / 05.11.2024
O‘tgan yuz yilda sunami 260 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi - BMT
14:10 / 05.11.2024
BMT: RF va KXDR o‘rtasidagi hamkorlik «xavfli eskalatsiya»ga olib keladi
13:50 / 05.11.2024