O‘zbekiston | 18:23 / 29.09.2018
5413
2 daqiqa o‘qiladi

Sankt-Peterburg va O‘zbekiston Musulmonlari idoralari halol turizmni rivojlantirish niyatida

Sankt-Peterburg va O‘zbekiston Respublikasi Musulmonlari idoralari Islom dini normalariga muvofiq dam olishni nazarda tutuvchi halol turizmni birgalikda rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi delegatsiyasining Peterburgga tashrifi doirasida tashkil etilgan matbuot anjumanida Sankt-Peterburg va Rossiya Shimoli-G‘arbiy mintaqasi Musulmonlari idorasi raisi muftiy Ravil Hazrat-Pancheyev xabar berdi.

Foto: dum-spb.ru

«Sankt-Peterburg va Rossiya Shimoli-G‘arbiy mintaqasi va O‘zbekiston Respublikasi Musulmonlari idoralari tomonidan hozirda halol turizm faol rivojlantirilmoqda, ya'ni jahonning turli hududlaridagi Islom dini muqaddas joylarini ziyorat qilish. Bunda O‘zbekiston aniq yo‘nalishlardan biri. Bular Buxoro, Samarqand va O‘zbekistonning turli shaharlari hamda aholi punktlari», - deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.

Muftiyning ta'kidlashicha, joriy yil mobaynida turli taqdimot tadbirlari maqsadli tarzda o‘tkazilmoqda, ular shahar fuqarolarini O‘zbekistonga ziyorat safari imkoniyatlari bilan tanishtiryapti. «O‘ylashimcha, yaqin vaqt ichida - oktabr va noyabrda - Sankt-Peterburg hamda Leningrad oblastidan birinchi guruh yo‘l oladi va ko‘rib keladi», - deya aniqlik kiritdi u.

«Turon» Peterburgdagi o‘zbek vatandoshligi» mintaqaviy jamoat tashkiloti prezidenti Alijon Haydarovning tushuntirishicha, halol turizmi dindorlarga mo‘ljallangan va o‘z xususiyatlariga ega. Masalan, sayohatchilar faqat alkogolsiz ichimliklar va «halol» standartiga mos taomlar taklif etiluvchi mehmonxonalarda joylashtiriladi. Shuningdek, turistlar uchun namozxonalar tashkil etiladi.

Foto: dum-spb.ru
Foto: dum-spb.ru
Foto: dum-spb.ru

 

Mavzuga oid