«Vagner» XHK asosçisi Yevgeniy Prigojin bilan aloqador bölgan «Patriot» media-holdingining sobiq top-menejeri Ilya Gorbunov va «Konkretno.ru» boş muharriri Kirill Metelev Sankt-Peterburgda qölga olindi. Bu haqda 23 iyun, yakşanba kuni Rossiya OAV huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib xabar berdi. «Izvestiya» gazetasi suhbatdoşi ularning uşlanişi Prigojinga heç qanday aloqasi yöqligini ta’kidladi. Bundan taşqari, manbaning aniqlik kiritişiça, Gorbunov hibsda saqlanmoqda.
«Fontanka»ning yozişiça, Gorbunov va Metelev tovlamaçilikda ayblanmoqda. Tergov ma’lumotlariga köra, media-menejerlar «Sankt-Peterburg» telekanalining sobiq boş direktori Aleksandr Malkeviçdan pul undirişgan. U Sankt-Peterburg gubernatorining maxsus vakili lavozimini egallaydi.
Gorbunov çet el valutasi bilan firibgarlik işi böyiça gumonlanuvçi sifatida qölga olindi, deb xabar beradi 78.ru.
Gorbunov, Metelin va Malkeviç Prigojin uçun işlagan
Ilya Gorbunov «Komsomolskaya pravda» va RIA «Novosti» agentligida işlagan. 2019 yilda u «Patriot» media-guruhini boşqargan, 2020 yilda esa Prigojin media-imperiyasining «trollar fabrikasi» va Telegram-kanallarini boşqarişga ötgan.
«Konkretno.ru» naşri boş muharriri Kirill Metelev «Operativnoye prikrytiye» xususiy qöriqlaş korxonalari jurnalining hammuassisi va «Versiya v Pitere» gazetasining noşiri edi. «Fontanka» ma’lumotlariga köra, u Prigojin bilan boğliq loyihalarda iştirok etgan bölişi mumkin.
Malkeviç 2020-2023 yillarda «Sankt-Peterburg» telekanalini boşqargan. Bungaça u Prigojinning «Patriot» media-guruhi tarkibiga kiruvçi «Federalnoye agenstvo novostey» şu’ba loyihasi - USA Really saytini boşqargan. Ukrainada uruş boşlanganidan keyin Malkeviç egallab olingan hududlarda telekanallar yaratişda faol iştirok etdi.








