Sankt-Peterburgning Primorskiy va Viborgskiy rayonlarida 300 ga yaqin uy elektr energiyasidan uzildi. Bu haqda 19 oktyabr, şanba kuni mahalliy «Fontanka» naşri xabar berdi.

«Fontanka» matnida aytilişiça, şahar şimoli-ğarbida elektr energiyasining katta uzilişiga podstansiyadagi avariya sabab bölgan. Keyinroq jurnalistlar favqulodda xizmatlarga tayanib, öşa kuni ertalab şahar uzra uçuvçisiz uçoq urib tuşirilganini yozişgan. Bundan taşqari, eslatmada aniqlik kiritilişiça, mahalliy aholi öz uylarida çiroq öçişidan oldin «uçta portlaş» ovozini eşitgan.

Smolniy matbuot xizmatining «Fontanka» naşriga ma’lum qilişiça, avariyadan zarar körgan hududlarda elektr ta’minotini töliq tiklaş taxminan ön soat davom etadi. «Birinçi navbatda, energetiklarning asosiy e’tibori şahar suv ta’minoti va issiqlik ta’minoti obektlariga qaratildi», — deyiladi matnda.

RFning bir qança mintaqalari uçuvçisiz uçoqlar hujumiga uçradi

20 oktyabrga ötar keçasi Rossiyaning bir qança hududlari uçuvçisiz uçiş apparatlari tomonidan ommaviy hujumga uçradi. Xususan, Rossiya Federatsiyasi poytaxti, Moskva, Lipetsk va Oryol oblastlari xavf ostida qolgan.

Poytaxt meri Sergey Sobyanin «Moskva tomon uçgan» dron Ramenskoye şahar okrugida urib tuşirilganini aytdi. «Dastlabki ma’lumotlarga köra, parçalar tuşgan joyda vayronalar va qurbonlar bölmagan», — deb yozdi Sobyanin Telegramʼdagi kanalida.

Rossiyaning boşqa mintaqalari ham dron hujumlariga uçragan. Xususan, Lipetsk oblasti gubernatori Igor Artamonov Lipetsk osmonida «UUA bostirilganini» aytdi. Artamonovning sözlariga köra, uçiş apparati qoldiqlari Sirskiy Rudnikning mikrorayoniga tuşgan. «Mutaxassislar voqea joyida va dronning qolgan qismlarini zararsizlantirmoqda», deb yozgan u.

Orel oblasti gubernatori Andrey Kliçkov ham 19 oktyabr oqşomida yirik uçuvçisiz uçoqlar hujumi haqida xabar berdi. Unga köra, Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari mintaqa uzra 11 ta Ukraina dronini yöq qilgan.

Bryansk oblasti gubernatori Aleksandr Bogomaz 19 oktyabr oqşomida kamida törtta Ukraina dronining «yöq qilingani» haqida xabar berdi.

Bryansk, Lipetsk va Oryol oblastlariga qilingan hujumlar natijasida qurbonlar va vayronagarçiliklar yöq, dedi mintaqa rahbarlari.