Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksika prezidenti «sabrli» Tramp haqida gapirdi
Foto: REUTERS
Meksika prezidenti etib saylangan Andres Manuel Lopes Obradorning ma'lum qilishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari rahbari Donald Tramp Meksika va Kanada bilan USMCA savdo kelishuviga erishish bo‘yicha muzokaralar paytida «ochiq» va «sabrli» bo‘ldi. Meksika yetakchisining so‘zlari Reuters tomonidan keltirilgan.
«[USMCA] kelishuvi xotirjamlikni ta'minlaydi, ishonchni kafolatlaydi», - deya ma'lum qildi Meksika prezidenti muzokaralar yakuni bo‘yicha.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, kelishuv avtomobil sanoati va milliy iqtisodiyotga sarmoya kiritish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh, Kanada va Meksika yangi savdo kelishuviga erishgani xabar qilingandi.
AQSh, Kanada va Meksika USMCA deb ataladigan yangi savdo kelishuviga erishdi. Bu haqda Kanada tashqi ishlar vaziri Xristi Friland va AQSh savdo vakili Robert Laytxayzerning Kanada hukumati saytida e'lon qilingan qo‘shma bayonotida aytiladi.
Mavzuga oid
09:58 / 28.01.2026
Meksika chegarasida to‘qnashuv: odam kontrabandasida gumonlanuvchi yaralandi
23:09 / 23.01.2026
AQSh eng yirik giyohvandlik imperiyalaridan birini yaratgan sobiq sportchini qo‘lga oldi
23:36 / 22.01.2026
Tramp Grenlandiyani sotib olmoqchi – AQSh tarixda ko‘plab hududlarni sotib olgan
22:40 / 15.01.2026