Meksika prezidenti etib saylangan Andres Manuel Lopes Obradorning ma'lum qilişiça, Amerika Qöşma Ştatlari rahbari Donald Tramp Meksika va Kanada bilan USMCA savdo kelişuviga erişiş böyiça muzokaralar paytida «oçiq» va «sabrli» böldi. Meksika yetakçisining sözlari Reuters tomonidan keltirilgan.
«[USMCA] kelişuvi xotirjamlikni ta'minlaydi, işonçni kafolatlaydi», - deya ma'lum qildi Meksika prezidenti muzokaralar yakuni böyiça.
Şuningdek, uning ta'kidlaşiça, kelişuv avtomobil sanoati va milliy iqtisodiyotga sarmoya kiritiş uçun zarur şart-şaroitlarni yaratib beradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ, Kanada va Meksika yangi savdo kelişuviga erişgani xabar qilingandi.
AQŞ, Kanada va Meksika USMCA deb ataladigan yangi savdo kelişuviga erişdi. Bu haqda Kanada taşqi işlar vaziri Xristi Friland va AQŞ savdo vakili Robert Laytxayzerning Kanada hukumati saytida e'lon qilingan qöşma bayonotida aytiladi.












