Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Audi’ning hibsga olingan bosh direktori lavozimidan bo‘shatildi
Foto: Audi
Volkswagen konserni kuzatuv kengashi bir necha oy oldin “dizel mojarosi” deb nomlangan firibgarlik bilan bog‘liq holda hibsga olingan, Audi bosh direktori Rupert Shtadlerning ishdan bo‘shatilishini e'lon qildi. Avvalroq u ishdan chetlatilgandi.
Shtadler, shuningdek, Volkswagen boshqaruv a'zosi va Audi boshqaruv raisi lavozimlarini ham tark etadi. U kompaniyadan “sudgacha hibsga olingani sababli o‘z majburiyatlarini bajara olmasligi” sababli ketmoqda.
Avvalroq Automotive News nashri Volkswagen Shtadlerga shartnomaning muddatdan avval bekor qilinishi uchun tovon puli to‘lamoqchiligini ma'lum qilgan. Volkswagen’ning fikricha, Audi markasining gumonlanuvchi nomi bilan bog‘lanishi brend imijiga zarar yetkazadi.
Shtadler iyunda politsiya tomonidan ushlanib, tergov izolyatoriga joylashtirilgan. Myunxen prokuraturasi unga qarshi firibgarlik gumoni bilan ish qo‘zg‘atgan va uning kvartirasida tintuvlar o‘tkazgan. Shtadler Audi’da 1990 yilddan boshlab ishlab kelgan. 2003 yilda kompaniya boshqaruv kengashi a'zosi, 2007 yil 1 yanvardan esa kompaniya boshqaruv raisi bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:15 / 08.04.2025
Audi AQShga avtomobil yetkazib berishni bojlar tufayli to‘xtatdi
11:26 / 18.03.2025
Audi 2029 yilgacha Germaniyada 7500 ta ish o‘rnini qisqartiradi
20:49 / 16.09.2024
Bryusselda Audi zavodining yopilishiga qarshi ish tashlashlar bo‘lib o‘tdi
13:21 / 28.06.2023