«Dizelgeyt»: Audi kompaniyasining sobiq rahbari shartli qamoq jazosini oldi
Rupert Shtadler firibgarlik ma’lum bo‘lganidan keyin o‘zgartirilgan dasturiy ta’minotga ega avtomobillar savdosini to‘xtatmaganlikda ayblangan. U sud bilan kelishuvga erishib, aybini tan oldi.

Rupert Shtadler. Foto: ITU Pictures/Flickr
Volkswagen konsernining dizel dvigatelli avtomobillarida dasturiy ta’minot bilan firibgarlik ishi doirasida Audi kompaniyasining sobiq rahbari Rupert Shtadler 27 iyun, seshanba kuni bir yil-u to‘qqiz oylik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Bundan tashqari, Myunxendagi sud unga davlat budjeti va bir qator notijorat tashkilotlar foydasiga 1,1 million yevro miqdorida jarima to‘lash majburiyatini yukladi.
Jarayon davomida Shtadler firibgarlik bo‘yicha aybini tan oldi. Xususan, u dasturiy ta’minotdagi firibgarlik AQShda ma’lum bo‘lganidan keyin dasturiy ta’minoti o‘zgartirilgan qilingan avtomobillarning Germaniyada sotilishini to‘xtatmaganlikda ayblangan.
2020 yil sentabrida Myunxenda boshlangan sud jarayoni dizel mojarosi bo‘yicha birinchi jinoiy suddir. Uzoq vaqt davomida Rupert Shtadler o‘ziga qarshi barcha ayblovlarni rad etdi. Mart oyida sud top-menejyerga quyidagi kelishuvni tuzishni taklif qildi: Shtadler aybini tan oladi va buning evaziga 18 oydan 24 oygacha shartli qamoq jazosi bilan 1,1 million yevro jarimaga tortiladi. Shtadler va uning advokatlari bunga rozi bo‘ldi.
Xuddi shu kuni muhandis Jovanni P.ga nisbatan ham xuddi shunday hukm chiqarildi, farqi shundaki, uning jarimasi 50 000 yevro bo‘lishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Irkutskda O‘zbekiston mahsulotlarini tarqatish majmuasi qurilishi mumkin
Iqtisodiyot | 09:51
-
London Ukrainaga ko‘p millionlik yordam taqdim etdi
Jahon | 09:50
-
Toshkentda O‘rta transport yo‘lagi istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston | 09:33
-
Malayziya O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarish loyihalariga qiziqish bildirmoqda
O‘zbekiston | 09:13
Mavzuga oid

11:15 / 08.04.2025
Audi AQShga avtomobil yetkazib berishni bojlar tufayli to‘xtatdi

11:26 / 18.03.2025
Audi 2029 yilgacha Germaniyada 7500 ta ish o‘rnini qisqartiradi

20:49 / 16.09.2024
Bryusselda Audi zavodining yopilishiga qarshi ish tashlashlar bo‘lib o‘tdi

15:49 / 08.09.2022