Jahon | 22:37 / 03.10.2018
10489
2 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro shaxmat federatsiyasiga yangi prezident saylandi

Foto: Rossiya prezidenti matbuot xizmati

Rossiya bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovich Batumida Xalqaro shaxmat federatsiyasining (FIDe) kongressi a'zolari ovoz berish natijalariga ko‘ra FIDe prezidenti etib saylandi. 

Ushbu lavozimga federatsiyaning ko‘p yillik vitse-prezidenti Georgios Makropulos va britaniyalik grossmeyster Nayjyel Short ham da'vogarlik qilgan.

Short ovoz berishga bir necha daqiqa qolganda o‘z nomzodini ovoz berishdan olganini e'lon qilgan. Ovoz berish natijalariga ko‘ra Dvorkovich 103 ovoz, Makropulos 78 ovoz to‘plagan.

Dvorkovich FIDeni 1995 yildan boshqarib kelgan Kirsan Ilyumjinov o‘rnini egallaydi. Ilyumjinov o‘z vaqtida 6 marta FIDe prezidenti lavozimiga qayta saylangan va navbatdagi marta nomzodini qo‘ymoqchi bo‘lgan, biroq 13 iyulda axloq bo‘yicha komissiya qarori bilan o‘z lavozimidan chetlatilgan. Natijada Ilyumjinov ovoz berishdan bosh tortgan va Dvorkovichga qo‘llab-quvvatlov bildirgan.

Dvorkovichning otasi Vladimir Dvorkovich 1982 yildan 1984 yilgacha sobiq ittifoq shaxmat federatsiyasi mas'ul kotibi lavozimini egallagan. Arkadiy Dvorkovich esa 2007 yildan 2010 yilgacha Rossiya shaxmat federatsiyasi vitse-prezidenti, 2010 yildan 2014 yilgacha uning kuzatuv kengashi raisi bo‘lgan va hozirda federatsiyaning vasiylik kengashi tarkibiga kiradi.

Mavzuga oid