Interpol tomonidan qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik firibgar Peterburgda qo‘lga olindi
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi Sankt-Peterburgda qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Inforeactor nashri.
Ma'lum bo‘lishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari Interpol tomonidan qidiruvda bo‘lgan O‘zbekistonning 40 yoshli fuqarosini qo‘lga oldilar. Erkak sodir etgan firibgarlik jinoyatlari uchun butun dunyo bo‘ylab qidiruvda bo‘lgan.
Hozir u Sankt-Peterburgning Viborg tumanidagi politsiya bo‘linmasiga olib kelingan.
Ta'kidlanishicha, politsiya xodimlari qidiruv tashabbusi bilan chiqqanlarni erkak hibsga olingani haqida xabardor etishgan. Katta ehtimol bilan, keyinchalik jinoyatchi O‘zbekistonga yuboriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya jinoyatchilar ekstraditsiyasi bo‘yicha so‘rovlarning eng ko‘pini O‘zbekistondan qabul qilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:07 / 02.08.2024
Interpol qidiruvida bo‘lgan o‘zbekistonlik Qirg‘izistonda qo‘lga olindi
10:15 / 24.06.2024
Peterburgda Prigojinning «trollar fabrikasi» sobiq rahbari ushlandi
13:13 / 28.05.2024
Yangi Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Sankt-Peterburg nomi beriladi
07:52 / 18.05.2024