Jahon | 23:32 / 05.10.2018
18353
2 daqiqa o‘qiladi

Saturn halqalari yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligi ma'lum qilindi 

Saturn sayyorasi koinot o‘lchovlari bilan yaqin orada o‘zining halqalarisiz qolishi mumkin. Bu haqda “Kassini” zondidan olingan yangi ma'lumotlarga tayanib NASA mutaxassislari ma'lum qilishdi. Zond koinotga ataylab shu sayyorani o‘rganish uchun yuborilgan.

Olim Xanter Uaytning aytishicha, Saturn halqalari tashkil topgan jismlar sayyora atmosferasiga jala kabi yog‘ilmoqda. 

“Muz, suv tomchisi va chang shunchalik tez harakatlanadiki, Saturn har soniyada halqalarining 10 tonnadan 45 tonnagacha materiyasini “yutib yubormoqda”, deb aytgan olim.

Ta'kidlanishicha, bunday tez sur'atlar bilan sayyoraga yaqin joylashgan S va D halqalar koinot o‘lchovlariga ko‘ra yaqin orada yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. D halqaning o‘zi 7-60 ming yil ichida yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. S halqa esa ko‘proq – yana 700 ming yildan 7 mln yilgacha mavjud bo‘ladi.

Mavzuga oid