Sport | 14:10 / 06.10.2018
10503
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston terma jamoasi Ektor Kuper boshchiligidagi ikkinchi yig‘inini boshlamoqda

Oktyabr oyida KXDR va Qatar terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadigan O‘zbekiston terma jamoasi 6 oktabrdan boshlab Toshkentda yig‘inga kirishadi.

O‘FA rasmiy saytining ma'lum qilishicha, yig‘inga jalb qilingan futbolchilar bugun Toshkentdagi "O‘zbekiston temir yo‘llari" sport stadionida birinchi mashg‘ulotni o‘tkazadi.

Bugungi mashg‘ulot soat 16:30 da boshlanadi.

Bosh murabbiy Ektor Kuper yig‘inga jalb etilgan o‘yinchilar ro‘yxatini 2 oktabr kuni e'lon qilgan. Yig‘in davomida unga yordamchilari Xose Karlos Fantagutstsi, Antonio Sarioglu va Mahmud Fayoz Muhammad yordam beradi.

Darvozabonlar:
Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”)
Eldor Suyunov (“Paxtakor”)
Botirali Ergashev (“Navbahor”)
O‘tkir Yusupov (“Qo‘qon-1912”)

Himoyachilar:
Yegor Krimets (“Paxtakor”)
Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”)
Sherzod A'zamov (“Paxtakor”)
Doston Tursunov (“Neftchi”)
Oleg Zoteyev (“Lokomotiv”)
Vladimir Kozak (“Paxtakor”)
Akmal Shorahmedov (“Paxtakor”)
Davron Hoshimov (“Navbahor”)

Yarim himoyachilar:
Odil Hamrobekov (“Nasaf”)
Aziz Haydarov (“Bunyodkor”)
Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”)
Javohir Sidiqov (“Qo‘qon-1912”)
Ikrom Aliboyev (“Lokomotiv”)
Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy)
Eldor Shomurodov (“Rostov”, Rossiya)
Otabek Shukurov (“Sharja”, BAA)
Doston Hamdamov (“Anji”, Rossiya)

Hujumchilar: 
Ivan Nagayev (“Qizilqum”)
Marat Bikmayev (“Lokomotiv”)
Husniddin G‘ofurov (“Lokomotiv”)

O‘zbekiston terma jamoasini oldinda quyidagi o‘rtoqlik uchrashuvlari kutib turibdi:

13 oktabr, 20:00. "Milliy" stadioni
O‘zbekiston – KXDR

16 oktabr, 20:00. "Milliy" stadioni
O‘zbekiston - Qatar

20 noyabr, Avstraliya
O‘zbekiston – Janubiy Koreya

Qayd etish joiz, 5 oktabr kuni BAAda boshlanadigan Osiyo kubogida O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalari bilan birga "F" guruhidan o‘rin olgan.

Mavzuga oid