Iqtisodiyot | 17:05 / 08.10.2018
71061
2 daqiqa o‘qiladi

Markaziy bank dollarning yangi kursini e'lon qildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 9 oktabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 1,42 so‘mga qimmatlashgan va 1 dollar 8181,08 so‘mga yetgan.

1 yevro 41,71 so‘mga arzonlashib, 9427,06 so‘mni tashkil qildi.

1 Rossiya rubli 3,11 so‘mga arzonlashdi va 1 rubl 122,73 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning fevralidan buyon pasayib kelgan dollar kursi sentabr oyidan yana o‘sa boshladi. Bir necha hafta avval kurs keskin qimmatlashgan, kurs bir haftada 176,83 so‘mga o‘sib, 1 dollar 8039 so‘mga yetgandi. 

O‘tgan haftada ham keskin ko‘tarilish bo‘lgan, 1 AQSh dollari 100,38 so‘mga qimmatlashgan va 1 dollar 8179,66 so‘mga yetgandi.

Ma'lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Mavzuga oid