Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» va «Atletiko»ning sobiq futbolchisi Toshkentda mahorat darslarini o‘tkazadi
28 oktabr kuni yaqin o‘tmishning mashhur hujumkor yarimhimoyachilaridan biri, «Barselona», «Atletiko», «Liverpul» va Ispaniya terma jamoasi safida ko‘rsatgan mazmunli o‘yinlari bilan muxlislar olqishiga sazovor bo‘lgan futbolchi, hozirgi kunda La Liga elchisi – Luis Garsiya Toshkentga keladi va o‘zbekistonlik yosh charm to‘p ustalariga mahorat darslari o‘tib beradi.
La Liga va PFL hamkorligi doirasida tashkil etilayotgan mazkur mahorat darslari “Milliy” stadionida bo‘lib o‘tadi. Luis Garsiya yosh futbolchilarga o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashadi va ko‘rgazmali o‘yinda maydonga tushib, 2ta jamoa safida bir taymdan to‘p tepadi.
Luis Garsiya tashrifi doirasida matbuot anjumani o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.