Jahon | 09:57 / 10.10.2018
39745
2 daqiqa o‘qiladi

Tengsizlikni kamaytirish bo‘yicha jahon reytingi: O‘zbekiston va Singapur oxirgi o‘rinlarda

Foto: Getty Images

Oxfam International mustaqil nodavlat xayriya tashkilotlari xalqaro guruhi The Commitment to Reducing Inequality Index 2018 tadqiqoti natijalarini taqdim etdi, u boy va kambag‘allar o‘rtasida jamiyatdagi farqni kamaytirish masalasiga bag‘ishlangan. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.

Indeks ijtimoiy xarajatlar, soliqlar, mehnat huquqlari va ish haqi sohasidagi siyosati bo‘yicha 157 davlatni tahlil qiladi. Tashkilotlarning fikricha, bu sohalar jamiyatdagi tengsizlikni kamaytirish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Indeksdagi dastlabki o‘nta o‘rin Daniya, Germaniya, Finlyandiya, Avstriya, Norvegiya, Belgiya, Shvetsiya, Fransiya, Islandiya va Lyuksemburgda.

Oxfam’dan tushuntirishlaricha, Daniya ilg‘or soliqqa tortish, saxovatli ijtimoiy xarajatlarni to‘lash va dunyodagi ishchilar huquqlarini eng yaxshi himoya qilishni o‘z ichiga olgan siyosati tufayli indeksni boshqarmoqda.

Oxirgi o‘n o‘rin Nigeriya, O‘zbekiston, Gaiti, Chad, Serra-Leone, Butan, Madagaskar, Laos, Singapur va Bangladeshga berildi.

Oxfam fikriga ko‘ra, Singapur dunyodagi eng farovon mamlakatlardan biri bo‘lishiga qaramasdan, indeksning oxiriga mamlakat siyosati soliqlarni to‘lashdan qochish imkonini berishi, faqat farroshlar hamda qo‘riqchilar eng kam ish haqi mavjudligi tufayli joylashtirildi.

O‘zbekistonda esa, yaxshi ijtimoiy xarajatlar (157 o‘rindan 42) bor, biroq, soliq siyosati (156), mehnat huquqlari va ish haqi (132) bo‘yicha yomon ko‘rsatkichlarga ega. Shuni ta'kidlash kerakki, Singapur soliq siyosati borasida so‘nggi, 157-o‘rinni egalladi. 

Mavzuga oid