Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
5 nafar venesuelalik Kolumbiyaga qochish vaqtida halok bo‘ldi
Foto: AFP 2018 / Federico Parra
5 nafar venesuelalikning Venesueladan qo‘shni Kolumbiyaga Tachira daryosi orqali o‘tishga urinishi ularning halok bo‘lishi bilan yakunlandi.
Tachira shtati fuqarolik mudofaasi xizmatining xabar berishicha, qirg‘oqlaridan chiqqan va shiddatlashgan daryo o‘z oqimlarida qochqinlarni olib ketgan. Hozircha halok bo‘lganlardan uch nafarining jasadi topilgan.
Ma'lum qilinishicha, halok bo‘lganlardan 3 nafari Venesueladagi iqtisodiy inqiroz sababli mamlakatni tark etmoqchi bo‘lgan, qolgan 2 kishi ularga hamrohlik qilgan.
Venesuelada ancha vaqtdan beri iqtisodiy inqiroz davom etmoqda. Xalqaro valyuta jamg‘armasi prognozlariga ko‘ra, 2018 yil oxiriga kelib mamlakatda inflyatsiya darajasi 1 million foizga yetishi mumkin. Bu esa mamlakatdagi vaziyatni Germaniyada 1923 yilda yoki Zimbabveda 2000-yillar oxirida yuzaga kelgan vaziyatga o‘xshash qiladi.
Mavzuga oid
19:54 / 28.04.2026
AQSh zarbxonasida Kolumbiya kartellariga tegishli oltin topildi
19:07 / 25.04.2026
AQSh Venesuela hukumatiga Maduroning himoyasi uchun haq to‘lashga ruxsat berdi
21:07 / 30.03.2026
O‘zbekiston Venesuelani mag‘lub etib, xalqaro turnir g‘olibi bo‘ldi
08:46 / 24.03.2026