Kolumbiyada Lockheed C-130 Hercules rusumli harbiy-transport samolyoti halokatga uçradi. U Milliy armiya harbiy xizmatçilarini taşiyotgan bölgan.
Mamlakat harbiy-havo kuçlari boşliği Karlos Fernando Silva Ruedaning ma’lum qilişiça, bortda 114 yölovçi va ekipajning 11 a’zosi bor edi.
U kamida 48 kişi omon qolgani, qolganlarning taqdiri hozirça noma’lum ekanini aytgan. Qidiruv-qutqaruv işlari davom ettirilmoqda.
Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro esa X ijtimoiy tarmoğida şifoxonaga 77 kişi olib kelingani, yana 43 kişi hali topilmagani haqida yozgan.
Aviahalokat Kolumbiya janubidagi Putumayo regionining Puerto-Legisamo munitsipalitetida röy bergan. Samolyot havoga kötarilişidan köp ötmay, aeroportdan ikki kilometr masofada qulab tuşgan. Avariya sabablari hozirça noma’lum.
Putumayo regioni gubernatori kamida 34 kişi halok bölganini ma’lum qilgan.
AFP agentligi esa harbiylar orasidagi manbasiga tayanib, qurbonlar soni 66 kişini taşkil etayotgani haqida xabar bergan: ularning 58 nafari askarlar, olti nafari harbiy-havo kuçlari harbiylari va ikki nafari politsiyaçilar bölgan.
Puerto-Legisamoda Kolumbiya harbiy-dengiz floti bazasi joylaşgan bölib, şu tufayli harbiy bölinma voqea joyiga tezda yetib kelişga hamda jabrlanganlarga tibbiy yordam körsatişga muvaffaq bölgan.
El Heraldo naşri qayd etişiça, qulab tuşgan samolyot Kolumbiyaga AQŞ tomonidan sovğa qilingan va 2020 yilda mamlakatga olib kelingandi.












