O‘zbekiston | 10:04 / 13.10.2018
23539
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 2008-2009 yillarda chiqarilgan Mercedes-Benz avtobuslaridan foydalanish to‘xtatildi

Foto: KUN.UZ

«Toshshahartransxizmat» kompaniyasi 13 oktabrdan boshlab 2008-2009 yillarda ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz Low Floor markali barcha yo‘lovchi avtobuslaridan foydalanishni to‘xtatadi. 

«Toshshahartransxizmat» rahbari Mohir Valiyev mazkur turdagi avtobusda navbatdagi marta yong‘in kelib chiqqani tufayli yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta'minlash maqsadida bu qarorni qabul qildi.

Eslatib o‘tamiz, 12 oktabr 95-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobus motor bo‘lmasida yong‘in yuzaga keldi. Jarohat olganlar yo‘q.

«Toshshahartransxizmat» kompaniyasining ta'kidlashicha, mutaxassislar ta'mirga muhtoj avtobuslarni va ushbu hodisa uchun javobgar shaxslarni aniqlash hamda ulardan yetkazilgan zararni qoplash uchun kerakli choralar ko‘radi.

Mavzuga oid