Light | 11:43 / 15.10.2018
24972
3 daqiqa o‘qiladi

Zamonaviy diqqatga sazovor joylarga aylangan to‘g‘onlar

Barcha qit'alar bo‘ylab o‘zining buyukligi va nazokati bilan kishini hayratga soluvchi qadimiy dunyoning g‘aroyib inshootlari keng tarqalgan. Inson doim yodgorlik buyumlarini yaratishga intilgan. Zamonaviy davrning qaysi inshootlari o‘zining kuchi va ahamiyati bilan qadimiy qurilmalarga teng kela oladi? Diqqatimizni inson tomonidan yaratilgan to‘g‘onlar o‘ziga jalb qildi. Ulardan ba'zilari tabiatni zabt etish bo‘yicha nafaqat ulkan g‘oyani amalga oshirish namunasi, konstruksiyasining murakkabligi bilan hayratga soladi, shu bilan birga insoniyat manfaatiga  ham xizmat qiladi.

Foto: Wikipedia

Shveytsariya

Shveytsariyada qurilgan Kontra dambasi yoki Lokarno to‘g‘oni o‘zining ulkan o‘lchami va konstruksiyasining murakkabligi bilan kishini hayratga soladi.

Arkaning uzunligi 400 metr, bo‘yi – 220 metrni tashkil qiladi. Kengligi 28 metr bo‘lgan asosdan to‘g‘on 7 metrga qadar ingichkalashib boradi. Qurilma 1,3 ming kub metr suvni o‘tkazishga qodir.

Foto: Wikipedia

Avstraliya

Tasmaniyadagi suvga bo‘lgan ehtiyojning deyarli 15 foizi mazkur Gordon to‘g‘oni yordamida qondiriladi. Konstruktsiyaning ikki marta: vertikal va gorizontal burilishi uning o‘ziga xosligi hisoblanadi. Muhandislarning hisobiga ko‘ra, tanlangan ko‘rsatkichlar sabab to‘g‘on suv oqimining katta miqdorini ushlab qoladi.

Foto: Wikipedia

AQSh

Kaliforniyada joylashgan Montichello to‘g‘onining o‘ziga xosligi nafaqat balandligi (90 metrdan ortiq), balki suv oqib kelishi uchun chuqur voronkaning mavjudligida hamdir.

Bu to‘g‘on tik nishab burchagiga ega.

Foto: Wikipedia

AQSh

Amerikaning diqqatga sazovor joylaridan biri Kolorado daryosida barpo etilgan Guver to‘g‘onining qurilishi AQSh tarixidagi eng yirik voqealardan biriga aylandi. Uning qurilishiga 5 yil ketgan (1931 yildan 1936 yilgacha) va muddatdan 2 yil oldin yakunlangan. Balandligi – 220 metr, uzunligi esa 200 metrni tashkil qiladi.

Foto: Wikipedia

Xitoy

Yantszi daryosidagi elektr stansiyasining qurilishi 2000 yillar boshida yakunlangan. «Uchta tog‘ darasi» dunyodagi eng kuchli to‘g‘onga aylandi va yana bir marta Xitoyning o‘sib kelayotgan qudratini namoyish etdi.

Qurilish jarayonlariga deyarli 1,5 mln kishi jalb etilgan va 200 million dollardan ortiq pul sarflangan.

Foto: Wikipedia

Braziliya

Braziliyaning Paragvay bilan chegarasida qurilgan to‘g‘on Xitoyning «Uchta tog‘ darasi» raqobatchisi hisoblanadi.

7,2 metrni egallagan bu energetik kompleks 2007 yilda ochilgan.

Foto: Wikipedia

Turkiya

Qadimiy Yevfrat daryosi unga Turkiyadagi eng katta  - Otaturk to‘g‘onini qurish orqali «jilovlangan». Uning asosiy vazifasi – elektr energiyasini olish va hududning cho‘l zonalarini irrigatsiya qilishdan iborat.

Mavzuga oid