08:08 / 17.10.2018
6298

Respublika shoshilinch tibbiy yordam o‘quv-mashg‘ulot markazi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi

Hujjat bilan Sog‘liqni saqlash vazirligining Shoshilinch tibbiy yordam o‘quv markazini Respublika shoshilinch tibbiy yordam o‘quv-mashg‘ulot markazi etib qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi. 

Belgilanishicha, Markaz tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam ko‘rsatish sohasida kadrlarni o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha bazaviy metodik muassasa hisoblanadi. 

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi: 

avariya-qutqaruv xizmatlari, davlat organlari va tashkilotlari, boshqa yuridik shaxslar xodimlarini, shuningdek, fuqarolarni shoshilinch tibbiy va tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam ko‘rsatish ko‘nikmalariga o‘qitish, qayta o‘qitish va ularning malakasini oshirish; 

shifoxonagacha tibbiy yordam ko‘rsatish shakllari va metodlarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish; 

shoshilinch tibbiy hamda tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam ko‘rsatish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish; 

shoshilinch tibbiy hamda tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam ko‘rsatish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish; 

shoshilinch tibbiy hamda tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam ko‘rsatish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha boshqa muassasalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatida metodik yordam ko‘rsatish; 

shoshilinch tibbiy hamda tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam ko‘rsatish sohasida seminar-treninglar, master-klasslar, vebinarlar, teleko‘priklar tashkil etish va bu jarayonga yetuk xorijiy mutaxassislarni jalb qilish; 

shoshilinch tibbiy hamda tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam ko‘rsatish sohasida xorijiy ilmiy-tadqiqot va o‘quv markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda grantlar va texnik ko‘mak mablag‘larini jalb qilish.

Mavzuga oid
Top