2024 yil 1 apreldan 2024 yil 1 oktyabrgacha yuk va yo‘lovchilarni tashishda avtotransportlarga yo‘l varaqalarini elektron rasmiylashtirish va yuritish tizimini joriy etish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladi.
Bu davrda:
- elektron yo‘l varaqalari Transport vazirligining Uztrans yagona interaktiv axborot tizimining “Elektron yo‘l varaqa” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi va yuritiladi;
- elektron yo‘l varaqalari avtomobilda yuk va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan mustaqil rasmiylashtiriladi;
- yo‘l varaqalarining qog‘oz shaklidan foydalanishni cheklamagan holda uning elektron ko‘rinishiga bosqichma-bosqich o‘tiladi;
- elektron yo‘l varaqalari tizimi shaxsiy yengil avtomobilida yo‘nalishsiz taksi sifatida yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar uchun amal qilmaydi;
- mazkur tizim platformasini yaratish, joriy etish va unga xizmat ko‘rsatish uchun manfaatdor tashkilotlar (milliy operatorlar) tanlov asosida jalb etilishi mumkin;
- tizimdan foydalanganlik uchun yig‘im undirilmaydi.
Avtomobilda yuk va yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar uchun elektron yo‘l varaqalari tizimi platformasi joriy etilishi nazarda tutilgan.















