«O‘zsanoatqurilishbank» Rossiyaning yetakchi moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi mintaqalararo hamkorlik forumi doirasida ATB «O‘zsanoatqurilishbank», «Rossiyskiy Eksportnyy Tsentr» AJ(RETs), «Toshkent metallurgiya zavodi» MChJ va «Asakabank» milliy iqtisodiyot uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan “Toshkent metallurgiya zavodini qurish” loyihasini moliyalashtirish doirasida strategik hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladilar.
Bitim RETs tomonidan umumiy qiymati 141,56 million yevroga teng bo‘lgan loyihani moliyalashtiruvchi Rossiya tijorat banklariga “EKSAR” AJning sug‘urta qoplovchi mablag‘larini taqdim etishda ko‘maklashishni hamda eksport kreditlari bo‘yicha foiz stavkalarini subsidiyalash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishni nazarda tutadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil avgustida «O‘zsanoatqurilishbank», «Asakabank» va Rossiya Davlat ixtisoslashgan eksport-import Banki (“Roseksimbank”) tomonidan mamlakat banklari “Toshkent metallurgiya zavodini qurish” loyihasini sinditsirlik kreditlashi uchun umumiy qiymati 141,56 million yevroga teng Zayom bitimlari imzolangan edi.
Bundan tashqari, «O‘zsanoatqurilishbank» va «Sberbank» o‘rtasida o‘zaro anglashuv haqidagi Memorandum imzolangan edi.Unda xalqaro qarz bozorlarida kooperatsiya, boshqa investitsiyaviy bank amaliyotlari, savdo va eksportni moliyalashtirish, xalqaro hisob-kitoblar, tajriba almashish, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish sohalaridagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilangan.
Mavzuga oid
23:15 / 28.03.2023
Asakabank va O‘zsanoatqurilishbank kapitaliga xorijiy investitsiyalar jalb etiladi
14:10 / 31.10.2022
“O‘zsanoatqurilishbank” xodimlari uchun Tracker-2 va Equinox mashinalari xarid qilinadi
20:00 / 23.12.2021
Toshkentda Tadbirkorlar maktabi ochildi
12:00 / 03.12.2021