Qirg‘izistonga boshqa kishining pasporti bilan kirishga uringan O‘zbekiston fuqarosi ushlandi
Chegarachilar Qirg‘izistonga boshqa shaxsning pasporti bilan kirishga uringan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olishdi, deb xabar bermoqda Kabar.
Ta'kidlanishicha, joriy yilning 22 oktabrida «Dostuk - avtodorojniy» nazorat-o‘tkazish punktida chegara naryadi yonida boshqa shaxsning pasporti bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olgan.
O‘zbekiston fuqarosi O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yo‘l olayotgan bo‘lgan va pasport nazoratidan o‘tayotib, 1972 yilda tug‘ilgan Sh.N. nomiga berilgan pasportni qirg‘iz chegarachilariga taqdim etgan.
Biroq, chegara naryadi hujjatni taqdim etgan shaxsning fotosurati bilan bog‘liq qator farqlarni aniqladi. So‘roq davomida o‘zbekistonlikning tasdiqlashicha, boshqa birovning pasporti bilan Qirg‘izistonga kirishga uringan.
Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgach, qo‘lga olingan shaxs Qirg‘iziston Respublikasi Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasining hududiy bo‘linmasi xodimlariga topshirildi.
Mavzuga oid
18:49 / 20.09.2024
Qirg‘izistonda korrupsionerlar va ularning qarindoshlariga davlat lavozimida ishlash taqiqlanadi
22:04 / 16.09.2024
Qirg‘izistondan O‘zbekistonga ot uyurini noqonuniy haydab o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi
20:33 / 14.09.2024
Vodiydagi tantana, Boysundagi mavhumlik va AES bo‘yicha yakuniy bitim - hafta dayjesti
19:03 / 14.09.2024