Jamiyat | 12:07 / 23.10.2018
21250
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“Parkent-Plaza” turarjoy kompleksi bosh direktori bilan intervyu

Toshkentcha plagiat!

Bugun biz “Parkent- Plaza” turar joy kompleksi bosh direktori Shodiyev Oybek Ravshanovichni suhbatga taklif qildik.

(Oybek Shodiyev, Yevgeniy Teslya –LEED sertifikatsiyasining tanishtiruv taqdimotidan)

 

1) Oybek Rovshanovich, biz hammamiz sizning o‘z chempioningiz borligini ko‘rib turibmiz! Madrimov Isroil Madrixanovich timsolida buni tasodifiy plagiat deb xulosa qilish mumkinmi?  

Aslini olganda, hech kim hech kimdan ko‘chirayotgani yo‘q! Bu tasodif. Biz hammamiz sportchimiz Madrimov Isroil Madrixanovichni taniymiz,  u O‘zbekistonning boks bo‘yicha milliy terma jamoasi a'zosi, shuningdek, boks bo‘yicha xalqaro turnirlar g‘olibi va sovrindori hisoblanadi.  Biz sportchilarimizni qo‘llab-quvvatlash tarafdorimiz. Madrimov Isroil Madrixanovich ofisimizga qo‘ng‘iroq qildi, obektga tashrif buyurdi, “Parkent-Plaza” dagi turarjoy hamda har bir mijozimizga taklif qiladigan barcha shartlarimiz unga ma'qul keldi.  O‘zbekistonning boks bo‘yicha chempioni bilan qo‘shni bo‘lishga nima deysiz?

2) Internet tarmoqlarida juda ko‘p solishtirish va hazilomuz ko‘rinishlar paydo bo‘ldi, bu borada Sizning fikringiz qanday?

Biz o‘ylaymizki, bunday reaksiya mutlaqo ayni kutilganidek, insonlarning izoh va fikrlari bizning nuqtai nazarimiz bilan tutashdi. Ijtimoiy tarmoqlarda hamisha turli xil fikrlar bo‘ladi, lekin sog‘lom reaksiya bizning “O‘zingnikini qo‘llab-quvvatla” shiorimiz ko‘pchilikning fikri bilan mos tushganini ko‘rsatdi.

3) Marketing sohasidagi kurashlar yoki nima sodir bo‘layapti?

Biz bunga kurash yoki qandaydir salbiy jarayon  sifatida qaramaymiz, bu brendlar muloqoti. Barcha sodir bo‘layotganlarga bizning munosabatimiz nihoyatda ijobiy.

4) Siz raqobat va raqobatchilarga qanday munosabat bildirasiz?

Qurilish bozori doimo takliflarga yetarlicha to‘yingan va limmo-lim to‘lgan bo‘lib kelgan. Aytishim mumkinki, raqobatchilarsiz bo‘lmaydi! Raqobatsiz taraqqiyot bo‘lmaydi.  Ular ham ishlashmoqda va har kim o‘z bilganicha ishlaydi. Kimdir yaxshi bajaradi, kimdir esa yaxshi va muddatida bajaradi.

5) Oybek Ravshanovich, ayting-chi, Siz qaysi sport turi bilan shug‘ullangansiz?

7-8 yil men yunon-rum kurashi bilan shug‘ullanganman, bu sportchidan ma'lum himoyalanish va texnik harakatlar yordamida raqibini muvozanatdan chiqarish va kuragini gilamga tekkizish  talab etiladigan yakka kurash turidir. Sport menga bergan eng muhim saboqlar intizom, tartibni saqlash, rejalashtirish, iroda va fe'l-atvor kabilarni  men o‘z jamoamga o‘rgatmoqdaman.

6) Siz mijozlaringizga qanday munosabatdasiz?

Biz mijozlarimizga xuddi bozordagi hamkorlarimizga qaragandek munosabatdamiz. Xizmat ko‘rsatish - bu bizning borlig‘imiz, biz mijozlarimizning turarjoy bilan bog‘liq murojaatlarini tez, sifatli va professional darajada hal qilishga harakat qilamiz. Biz doim ularga quloq solamiz, ularning takliflarini kelgusi loyihalarimizga qo‘shib boramiz. Bizning maqsadimiz biz va xaridorlarimiz o‘rtasida uzoq muddatli va ishonchli munosabatlarni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

7) Yashil qurilish qanday ma'noni anglatadi?

Bu asosiy maqsadi atrof-muhitni va inson salomatligini asrash bo‘lgan turmush sifatini saqlash va oshirishga qaratilgan ishlar majmuidir. Biz sog‘lom turmush tarzi va atrof-muhit tozaligi tarafdorimiz. Biz ushbu standartlarni O‘zbekistonga kiritmoqdamiz, xalqaro kompaniyalar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ymoqdamiz, tanishtiruv yig‘ilishlari va taqdimotlari o‘tkazmoqdamiz. Bizning maqsadimiz mintaqaning barcha qurilishlarini eko qurilish xalqaro standartlariga  keltirishdan iborat.

 (Shaharni loyihalashtirish, arxitektura va dizayn qo‘mitasi loyihasining taqdimoti.)

8) Eshitishimizcha, Siz jamoat ishlari bilan ham shug‘ullanasiz?

Men Toshkent shahar hokimiyati huzuridagi Jamoat kengashi tarkibiga kiruvchi shaharni loyihalashtirish, arxitektura va dizayn qo‘mitasining boshqaruv raisi hisoblanaman. Bu tijorat tashkiloti emas va uning asosiy vazifasi turmush darajasini yaxshilash hamda fuqarolarning murojaatlariga samarali va o‘z vaqtida yechim topishdan iborat. Bizning qo‘mitamiz shahar va uning tashqi ko‘rinishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan shug‘ullanadi.

(KB Strelka bilan hamkorlikdagi taqdimot)

9) Kompaniyangizning bu yilga rejalari qanday?

Bizning qurilish kompaniyamiz tinimsiz kengaymoqda, bizda yana bir qancha loyihalar bor, ular haqida hozircha to‘xtalib o‘tmayman, lekin jarayon va tayyorgarlik rejadagidek ketmoqda. Kanallarimizda bizni kuzatib boring, biz doimo O‘zbekiston qurilishiga nimadir yangilik kiritib boramiz.