Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La Liga: bu safargi «El Klasiko» translyatsiyasi boshqalaridan o‘zgacha bo‘ladi
Hafta oxirida «Barselona» va «Real» o‘rtasida kechadigan o‘yin televideniye orqali innovatsion ovoz uzatish texnologiyalaridan foydalangan holda translyatsiya qilinadi.
La Liga rasmiy saytining ma'lum qilishicha, maxsus ishlab chiqilgan tizim to‘pning maydondagi joylashuvini kuzatib boradi va avtomatik tarzda to‘pga eng yaqin masofada turgan mikrofonlarni faollashtiradi. Natijada teletomoshabinlar maydondagi muhitni jonli tarzda his etish, o‘yinchilarning hayqiriqlari va to‘pga berilgan zarba tovushini aniqroq eshitish imkoniga ega bo‘lishadi.

Shu bilan birga, qayd etilishicha, o‘yinchilarning o‘zaro suhbatlari shaxsiy daxlsizlikni saqlash maqsadida sun'iy tarzda efirdan olib qolinadi.
«Barselona» - «Real» bahsi 28 oktabr, yakshanba kuni «Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanadi.
Mavzuga oid
20:46 / 26.06.2025
YouTube jonli efir o‘tkazish uchun minimal yosh talabini oshiradi
16:42 / 14.10.2023
Dunyoning eng prinsipial derbilari reytingi tuzildi - «El Klasiko» 3-o‘rinda (top-10)
19:29 / 01.09.2021
Telegram’da cheksiz auditoriya uchun videotranslatsiya qilish imkoniyati paydo bo‘ldi
18:02 / 07.04.2021