O‘zbekiston | 02:08 / 26.10.2018
3621
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston delegatsiyasi JSST Yevropa mintaqaviy byurosining global konferensiyasida ishtirok etmoqdi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Joriy yilning 25 oktabr kuni Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) va Qozog‘iston hukumati tomonidan tashkil etilgan Birlamchi tibbiy va sanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha global konferensiyada ishtirok etmoqda. Ushbu tadbir jahondagi birlamchi tibbiy tizimining dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun dunyo davlatlarining sog‘liqni saqlash yetakchilarini birlashtirdi. Bu haqda KUN.UZ’ga Sog‘liqni saqlash vazirligining Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Qayd etish joizki, ushbu global konferensiya dunyoning barcha mamlakatlarida sifatli tibbiy xizmatlarni taqdim etish imkoniyatlarini yaxshilashga yordam beradi. Unda barcha mamlakat vakillari sog‘liqni saqlashning umumiy qamrovi va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun birlamchi tibbiy yordamga investitsiyalarni ko‘paytirishga alohida e'tibor qaratishmoqda. Zero birlamchi tibbiy yordamga sarmoya kiritish sog‘liqni saqlash ko‘lamini yanada yaxshilash va tizim qamrovini kengaytirish uchun eng samarali, iqtisodiy va adolatli strategiyadir. Konferentsiyada har bir qit'a va davlatlarda birlamchi tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va tizimini takomillashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani ta'kidlandi.

Ikki kun davomida konferensiya dasturi doirasida oliy darajadagi  sessiyalar, turli tadbir va ko‘rgazmalar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid