O‘zbekiston | 01:44 / 31.10.2018
25226
2 daqiqa o‘qiladi

Ulgurji savdoni amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash bekor bo‘lmoqda - Prezident farmoni

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Prezident farmoniga ko‘ra, savdo mexanizmlarini yanada takomillashtirish, tovar bozorlarida sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, shuningdek, tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatining samaradorligini oshirish va xarajatlarni kamaytirish, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta'minlash uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2019 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar bekor qilinmoqda:

  • ulgurji savdoni amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash va savdo korxonalarini soliqqa tortishning maxsus tartibi;
  • aksiz solig‘i solinadigan tovarlarning ayrim turlarini (avtomobil, o‘simlik yog‘i va boshqalar) sotishdan tushadigan tushumlarning hisobini yuritishning maxsus tartibi;
  • ko‘chma savdo uchun ruxsatnoma hujjati olish talabi;
  • davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan korxonalar kontragentlari bilan o‘zaro munosabatlarda kechiktirilgan debitorlik qarzlar uchun sanksiyalar;
  • davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan korxonalar uchun ichki bozorda oldindan 15 foiz to‘lovni amalga oshirishga doir talab;
  • Ayrim turdagi tovarlar (uy parrandasi go‘shti va qo‘shimcha ozuqabop go‘shtli mahsulotlari, boshqa yo‘l bilan ajratib olinmagan uy parrandasi yog‘i, o‘simlik yog‘i, shakar, non-bulka mahsulotlari, volfram rudalari va konsentrantlari, ipak chiqindilari kabilar) eksportiga cheklov;
  • mahsulotlarni birja savdosiga chiqarish jadvallarini Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishishning amaldagi tartibi (kelishishning xabardor qilish tartibini joriy etgan holda);
  • moliyaviy iste'mol kreditini ishlab chiqaruvchidan yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotdan faqat O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan iste'mol tovarlari (xizmatlari)ni sotib olish uchun berish to‘g‘risidagi talablar. 

Mavzuga oid