Sport | 20:10 / 07.11.2018
2021
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ayollar o‘rtasida xalqaro musobaqa o‘tkaziladi

Shu yilning 23 noyabr - 1 dekabr kunlari poytaxtimiz ayollar o‘rtasidagi Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyalari chempionati - «CAFA Women’s Championship 2018» turniriga mezbonlik qiladi. 

Unda Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston, Eron va O‘zbekiston ayollar  terma jamoasi ishtirok etadi. Barcha o‘yinlar «Milliy» stadionda bo‘lib o‘tadi. 

Bahrom Norsafarov boshchiligidagi O‘zbekiston ayollar terma jamoasi mazkur musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, milliy chempionat yakuniga yetganidan keyin 18 noyabrdan boshlab, «Chig‘atoy» sport bazasida o‘quv mashg‘ulotlariga kirishadi. 

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, terma jamoalar o‘zaro bir-birlari bilan bir davra ko‘rinishida o‘yin o‘tkazishadi. Eng ko‘p ochko to‘plagan jamoa g‘oliblikka erishadi.

Avvalroq, yurtimizda Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi tomonidan 15 va 16 yoshli futbolchilar o‘rtasida ikkita musobaqa o‘tkazilgan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish