Sport | 01:43 / 08.11.2018
19721
1 daqiqa o‘qiladi

Superligada o‘ynaydiganlar jahon chempionatida ishtirok etmaydilar – Infantino

Foto: RIA Novosti

FIFA prezidenti Janni Infantino federatsiya Superliga tashkil etiladigan bo‘lsa, unda o‘ynaydigan futbolchilarni jahon chempionatida ishtirok etishga qo‘ymasligini aytdi.

Avvalroq Spiegel nemis nashri Football Leaks portali hujjatlariga asoslangan holda tergov o‘tkazgan. Tergov davomida Yevropaning 16 ta yetakchi klubi, jumladan, “Real” “Barselona”, “Bavariya”, “Arsenal”, “PSJ” Chempionlar ligasiga muqobil turnir tashkil etmoqchiliklari ma'lum bo‘lgan. 

“Yoki biz bilansiz, yoki ketasiz. Superligada o‘ynaydigan futbolchilar jahon chempionati va Yevropa chempionati kabi xalqaro musobaqalarda o‘ynay olmaydilar”, deb aytgan Infantino.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid